Sportning “Harbiy ko'pkurash” turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 3 noyabrь kungi 231-sonli «Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida sportning “Harbiy ko'pkurash” turi bo'yicha musobaqani o'tkazish to'g'risida» gi buyrug'iga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasida musobaqaning hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.Musobaqaning ochilish tadbiriga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etdi.
Unda so'zga chiqqan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov musobaqa ishtirokchilariga zafarlar tiladi.
Musobaqaning Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bosqichida Qorovul qo'shinlari bosh boshqarmasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari IIBlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan jamoalar ishtirok etishdi.
Ichki ishlar organlari xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shaxsiy tarkibni turli kasalliklaridan sport va sog'lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish, xodimlarni sportning jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlariga qiziqishini kuchaytirish, shaxsiy tarkib o'rtasida sportning harbiy ko'pkurash turini ommaviyligini oshirish maqsadida o'tkazilgan musobaqada, sportchilar 400 metrga yugurish estafeta, 1000 metrga yugurish, 3000 metrga yugurish, turnikda tortilish, Kuch ishlatiladigan mashg'ulotlar kompleksi hamda makarov pistoletida o'q-otish kabi mashqlarni bajarib ko'ch sinashishdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra g'oliblar aniqlanib, diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati