TARG'IBOT TADBIRLARI OLIB BORILDI.
2021 yil 26 yanvarь kuni Beruniy tumani IIB rahbariyati, Probatsiya guruhi va sohaviy xizmatlar, aholi bandligiga ko'maklashish markazi va mahalla faollari ishtirokida Probatsiya guruhi hisobida nazorat ostida turgan shaxslar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuvda mas'ullar so'zga chiqib, nazorat ostidagi shaxslar tomonidan turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklar va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borilib, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslar o'rtasida sog'lom turmush tarziga amal qilishlari yuzasidan turli tadbirlar va sport musobaqalarini tashkillashtirish bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi. O'z navbatida probatsiya guruhida hisobda turgan shaxslar davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan ularga berilgan imkoniyatlar hamda g'amxo'rliklar uchun o'z minnatdorchiligini bildirishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati