Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Nukus shahrida sodir etilgan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi
So‘nggi vaqtda Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli
jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday salbiy holatlarning
oldini olishga bag‘ishlanib Nukus shahri hokimligida majlis o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va tegishli idora
tashkilot rahbarlari, Ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek mahalla
fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, ayrim
hududlarda mahalla yettiligi tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
oldini olish borasidagi ishlar to‘g‘ri tashkil etilmaganligi og‘ir oqibatli
jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham yiǵilishda
mahalla fuqarolar yiǵinlari vakillari va hamkor idoralar xodimlariga sodir
etilgan holatlardan twǵri xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning
oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirish lozimligi takidlandi. Tadbir
yakunida kelgusida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning, shuningdek, boshqa
favqulodda holatlarning oldini olish bwyicha yiǵilgan masul xodimlarga
vazifalar belgilab berildi.