28 Avgust 2021 yil 919

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish. joylardagi kutubxonalarni ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablarga javob beradigan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan boyitish, shuningdek, xodimlarining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ular o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish va notiqlik xususiyatlarini yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 02 avgustdagi 274-son buyrug‘i ijrosini bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Namunali ma’naviyat va ma’rifat xonasi» va «Eng yaxshi kutubxona» tanlovlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIBlarida joylashgan «ma’naviyat va ma’rifat xonasi» va «kutubxona»lari o‘rganilib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov tomonidan diplom va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech