Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2024 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan hisobot-yig‘ilishda 2024 yil 9 oyida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida, 2024 yil 9 oyi davomida o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga Vazirlikning faxriy yorliqlari topshirilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, «Eng yaxshi tergov jamoasi» nominatsiyasi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi katta leytenant T.T.Reypnazarov, Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant G.A.Babadjanova va To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tergovchisi katta leytenant Sh.Z.Shermonovlarga pul mukofoti va esdalik sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari, Ichki ishlar organlari tergov sohasida ko‘p yillar xizmat qilgan podpolkovnik B.U.Patullayev, podpolkovnik A.T.Otegenov va kapitan B.B.Batirovlarga esdalik sovg‘alar topshirilib, nafaqaga kuzatildi.