12 Sentyabr 2020 yil
1022
Sayyor qabullarning ikkinchi kuni Taxiatosh va Bo'zatov tumanlarida bo'lib o'tdi
Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar o'tkazilib kelinmoqda.Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan sayyor qabullarning ikkinchi kuni Taxiatosh, Xo'jayli va Shumanay tumanlari aholisi uchun Taxiatosh tumanida, Bo'zatov va Kegeyli tumanlari aholisi uchun Bo'zatov tumanida bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan hudud aholisi bilan suhbatlar o'tkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o'rganilib ularni hal qilish choralari ko'rildi.

Qabul davomida, fuqarolardan 40ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 13 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 7 ta murojaatlar ko'rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 20 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari ko'tarildi.
Sayyor qabul doirasida fuqaroligi bo'lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan 10ta fuqaroga O'zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati