20 Mart 2021 yil 676

Vazirlikning faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari «Temurbeklar» maktabi faoliyati bilan tanishdi va faxriylardan xabar oldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari isteʼfodagi polkovnik G‘ulomjon Yuldashev kengash aʼzosi Shuxrat Kamolov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov va O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar bosh boshqarmasi xodimlari mayor U.Qulmurodov va A.Baltayevlar Nukus shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi IIV «Temurbeklar» harbiy akademik litseyi faoliyati bilan tanishishdi. Shu bilan birga, litseyda «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan  bugungi yoshlar xalqimiz o‘tmishini qanchalik yaxshi bilsa, bu ularning Vatanga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishida katta ahamiyat kasb etishini shuningdek, bugungi qilingan mehnat ertangi kuni  xizmat faoliyatlarida katta ahamiyat kasb etishi haqida aytib o‘tishdi.Tadbir davomida, litseyda o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblariga faxriy yorliqlar topshirildi.
Shuningdek,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib bugungi kunda isteʼfodagi Q.Ametovning xonadonida bo‘lib  kirib kelayotgan navro‘z bayrami bilan tabriklashdi va O‘zbekiston Respublikasi IIVning «Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi» ko‘krak nishoni topshirishdi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari faxriylari isteʼfodagi general-mayor J.Shilmanov va isteʼfodagi podpolkovnik N.Tao‘muratovlar xonadonlarida bo‘lib ularni bayram bilan tabriklashdi va sovg‘alar topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech