“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun biz o‘z qalb qo‘rini, qo‘z nurini, mehr – muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmalariga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog‘lagan ustozlarimizni, muallimu – murabbiylarimizni qutlash, e’zozlash kuni 1 oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Temirbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida sanaga bag‘ishlanib bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqov litsey o‘qituvchi, murabbiylari o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so‘zga chiqib, mazkur litsey o‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladi hamda bayram munosabati bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining buyruqlari bilan mukofotlangan o‘qituvchi va murabbiylari sovg‘alar topshirildi.
Bayram tadbiri litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati