23 Oktyabr 2021 yil 852

"Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi o‘quvchilari va’da qabul qilishdi.

Joriy yilning 22 oktabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 25 oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati 1 kurs o‘quvchilarining “Tantanali va’da” berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov, vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Yusupov, faxriylar va ota-onalar tashrif buyurdilar.
Dastlab saf maydoniga jangovar bayroq olib kirildi, keyin 1 kurs o‘quvchilari tantanali va’da qabul qilishdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov o‘quvchilarni tantanali va’da qabul qilganligi bilan tabrikladi. So‘ng, litsey o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat xodimlarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech