Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida vazirlik huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 28 iyun kuni, Ichki ishlar vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, vazir o‘rinbosarlari polkovnik M.Raxmatullayev va polkovnik I.Axmedov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov ishtirokida videokonferens aloqa tizimi orqali, vazirlik huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Joriy yilning 28 iyun kuni, Ichki ishlar vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, vazir o‘rinbosarlari polkovnik M.Raxmatullayev va polkovnik I.Axmedov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov ishtirokida videokonferens aloqa tizimi orqali, vazirlik huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan, bugungi kunda ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, oxirgi paytlari joylardagi ayrim tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritilib, kelgusida xodimlar tomonidan ta’magirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday salbiy holatlar yuz berganda ularga nisbatan qattiq intizomiy jazo choralar ko‘rilishi hamda xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlarni har doim rag‘batlantirib borilishi haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida, tergov bo‘linmalari xodimlarining ota-onalari ham so‘zga chiqib, bugungi kunda farzandlariga yaratib berilayotgan sharoitlardan, ichki ishlar organlari rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida, tergov bo‘linmalarida xizmat qilib, xizmatda yaxshi natijalarga erishib kelayotgan namunali bir guruh xodimlarning ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati