Ustozlarga hurmat ehtirom ko‘rsatildi.
Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat — ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ham sohada uzoq yillar xizmat qilib el yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilgan, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mamlakatimizda keng miqyosida nishonlanib kelayotgan l-oktabr O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqovlar ichki ishlar organlarining shunday faxriylaridan xabar olib, bayram sovg‘alarini ulashishdi shuningdek, ustoz faxriylarning vazirlikning tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan sog‘liklari tekshirilib kerakli tavsiyalar berildi.
Faxriylar ham o‘zlariga qaratilayotgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Қорақалпоғистон Respublikasi IIV Axborot xizmati.