15 Yanvar 2025 yil 2858

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. Undan so‘ng Respublikamiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda faol xizmat qilgan bir guruh xodimlarga hamda faxriylarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining idoraviy ko‘krak nishonlari, esdalik qo‘l soatlari, muddatidan oldini maxsus unvon, pul mukofotlari hamda faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirning ikkinchi qismida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Aral juldizlari” ansambli hamda madaniyat xodimlarining konsert dasturi namoyish etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati      

Text to speech