12 Yanvar 2021 yil 1246

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

14-yanvarь O'zbekiston qurolli kuchlari tashkil etilgan sana. Ushbu kun munosabati bilan joylarda harbiy va huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini oshirishga qaratilgan bayram tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 12-yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro Aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari Nukus alohida batalьoni tomonidan o'quvchi yoshlarga ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Bu yerda yig'ilgan yoshlar mazkur harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, harbiy qism va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmat xodimlarining chiqishlar namoyish etildi.
Shunday tadbir, O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida ham bo'lib o'tdi.Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik I.Axmedov so'zga chiqib,  bugungi kunda o'quvchi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida aytib, hammani kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
 So'ng, O'zbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha maxsus otryadi tomonidan xizmatga jalb etilgan robot yordamida portlovchi moddaning zararsizlantirish jarayoni namoyish etildi va xizmat itlarining imkoniyatlari tanishtirildi.Xodimlarning jangovor sahna ko'rinishlari tadbirga yig'ilgan yigit qizlarda yurtga bo'lgan muhabbat va sadoqat ruhini oshirish bilan bir qatorda ularning ko'pchiligida kelgusida ichki ishlar organi xodimi bo'lish istagi paydo bo'ldi.
Jangovor chiqishlaridan so'ng o'quvchilar xizmatda foydalanadigan qurol aslahalar va maxsus texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo'lishdi.
Bu kabi tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish kelajakda ular orasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy vaziyatlarning oldini olishga ham asosiy omil sifatida xizmat qilsa ajab emas.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech