19 Yanvar 2021 yil 1035

Vazirlikda yosh xodimlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 18 yanvar kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, polkovnik R.Xatamovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov uning o'rinbosarlari, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i, senator A.Daniyarov,
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi raisi, kapitan Yu.Yusupov, vazirlik boshqarma, mustaqil bo'lim va bo'linmalarida xizmat qilayotgan  yosh xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari R.Xatamov Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 25 dekabrь kunidagi Yoshlar forumida “Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g'ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko'nglim tog'day ko'tariladi. Har biringiz jonajon vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman”, – deb ta'kidlab o'tganligini, qolaversa”, Davlat rahbarining 2020 yil 29 dekabrь kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021 yilga “Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishining o'zi  yoshlarga e'tiborni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligidan dalolat berishini shuningdek, hozirgi kunda Ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar davomida yosh xodimlarga alohida e'tibor qaratilayotganligi, ularning qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha rag'batlantirish, ular orasidan bilimli, halol va jonkuyar xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida jami 15 nafar yosh xodimlar rahbarlik lavozimlariga tayinlanganligini aytib o'tdi. Vazir o'rinbosari ichki ishlar organlarida yosh xodimlar bilan ishlashda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohada yosh xodimlarga qaratilayotgan e'tiborni yanada kuchaytirish, shuningdek, uchrashuvda yoshlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar yuzasidan qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi yosh xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo'nalishida ilgari surilgan innovatsion tashabbuslarni “Qoraqalpog'iston Respublikasi tajribasi” sifatida butun respublika miqyosida amaliyotga joriy etish lozimligi alohida ta'kidlab o'tildi.
Uchrashuv davomida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i, senator A.Daniyarovlar o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Tadbirda yoshlar vazirlik rahbariyatiga o'zlarining takliflari bilan faol ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidaga samarali mehnatlari hamda ichki ishlar organlari yosh xodimlariga namuna bo'lib kelayotganligi uchun bir gurux yosh xodimlarga va ularning ota-onalari vazirlikning tashakkurnomalari va sovg'alar topshirildi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Text to speech