3 Mart 2022 yil 439

Vazirlikning PPXvaJTSB xodimlari «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi davlatimiz rahbarining «Respublikada ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan joriy yilning 3 mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV PPXvaJTSB xodimlari tomonidan vazirlikning tibbiyot bo'limi qarashli gospitali atrofini ko'kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo'shish hamda yashil maydonlarni ko'paytirish maqsadida mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini o'tqazishdi.
Darhaqiqat, hozirda iqlim o'zgarishi barchani birdek tashvishga solmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech