25 Yanvar 2021 yil 1155

XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTORLARGA SAYYOR O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 20 yanvar kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Vazirlik Malaka oshirish instituti va uning hududiy filiallarida ichki ishlar organlari tizimidagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlarining bilim va kasbiy mahoratini mustahkamlash bo‘yicha xizmatdan ajralgan holda qisqa muddatli sayyor malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, Vazirlik Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Bekimbetov, Vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Tajimbetov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlar ishtirokida o‘quv kursi oldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Vazir o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, Prezidentimiz boshchiligida ichki ishlar organlarida so‘ngi to‘rt yil mobaynida o‘tkazilgan islohotlar va unda qo‘yilgan asosiy talablar, bugungi kunda ichki ishlar organi xodimlari oldiga qo‘yilayotgan asosiy vazifalar, shuningdek, soha xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonun hujjatlarini buzish holatlari, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tushuntirildi.
Shuningdek, Institutning katta o‘qituvchisi podpolkovnik U.Tuymabayev, o‘quv kursiga jalb qilingan tinglovchilarga tasdiqlangan kun tartibi, o‘quv-xizmat intizomi hamda tinglovchilardan test shaklida olinadigan imtihonlarni o‘tkazish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Shu bilan birga, Vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Tajimbetov, o‘quv kursida tinglovchilar tomonidan tasdiqlangan mavzularni o‘zlashtirishda faol ishtirok etishlari, belgilangan imtihonlarni yuqori ko‘rsatkichlar bilan topshirishlari hamda o‘rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qatiy rioya qilishlari haqida to‘xtaldi, deydi, Institutning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori podpolkovnik Saparbay Allambergenov.
 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech