19 Sentyabr 2025 yil 10

Nukus shahridagi kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan "Xalqlar do‘stligi" mahallasi yettiligining ishlari o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.A.Izbasarov hamda IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i S.Berdiqulovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgust kungi PQ-253-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning erta oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan Nukus shahridagi kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan "Xalqlar do‘stligi" mahallasi yettiligining ishlari o‘rganildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va mahallani qizil toifadan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasining har bir bandi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech