18 Noyabr 2024 yil 1765

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Mo‘ynoq tumani hokimligida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Mo‘ynoq tumani hokimligida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Mo‘ynoq tumani hokimi Baxtiyar Menglibekov ochib berdi. Undan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib bugungi kunda respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan  «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek kuz qish mavsumi vaqtida is gazidan zaharlanish hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olish borasida korxona tashkilot rahbarlariga vazifalar belgilanib berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech