27 Noyabr 2020 yil 786

Xiva shahriga sayohat.

“O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar natijasida aholining sayohatga bo'lgan qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda.
 Joriy yilning 26 noyabrь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va vazirlikning yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib hozirgi vaqtda iste'foda bo'lgan nuroniylar va bir guruh yosh xodimlar Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohati tashkillashtirildi. 
Sayohatchilar Xiva shahrining Ichan-Qal'a davlat muzeyi qo'riqxonasidagi Kalta minor, Pahlavon Mahmud masjidi, Sherg'ozixon madrasasi, Allaqulixon masjidlarida bo'lishdi.
Shuningdek, Sulton uais Bobo, va Abu Rayhon Beruniy ziyoratgohlari, Jaloliddin Manguberdi va Avesto yodgorligi, monumenti tarixiy obidalari va  muborak qadamjolari ziyorat qilindi.
 Sayohatchilar ulug' ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat rivojiga qo'shgan hissasi va Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi o'rnini yanada yuksalishidagi ularning roli haqida chuqur taassurotlarga ega bo'ldilar.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV faxriylari va yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari Xorazmlik hamkasblari bilan fikr almashdi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech