Xodimga pora bermoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beriuniy tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi boshlig'i mayor I.Yuldashevga shu tumanda istiqomat qiluvchi M.X murojat qilib, biometrik pasport oladigan tanishlariga navbatsiz tez orada rasmiylashtirib berish evaziga xar bir shaxsdan 100 ming so'm pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat yuzasidan mayor I.Yuldashev vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Mazkur bildirgiga asos, O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha bo'limi va Beriuniy tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, mayor I.Yuldashevning xizmat xonasida fuqaro M.X 200 ming so'm pullarni pora tariqasida, mayor I.Yuldashevga berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.