15 Yanvar 2021 yil 1006

Xodimlarning ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 15 yanvarь kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumani hokimligi majlislar zalida,  Chimboy, Kegeyli, Qorao'zak Taxtako'pir tumani va Xo'jayli tumani hokimligi binosi majlislar zalida, Xo'jayli, Taxiatosh, Shumanay va Nukus tumani ichki ichki ishlar bo'limlari xodimlari va ularning ota-onalari va oila a'zolari bilan vazirlik rahbariyatining  ichki ishlar organlari xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, o'ying o'rinbosarlari polkovnik I.Axmedov va O.Turdыbayev vazirning maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqov va O'zbekiston Respublikasi IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi boshlig'i podpolkovnik Sh.Qudiyarovlar qatnashdi.
Uchrashuvlarda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov, mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar haqida to'xtalib, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan,  balki xodimlarni  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab, xodimlarga, uy-joylar va avtotransportlar olish uchun imtiyozli kreditlar ajiratilayotligi, salomatligini tiklash uchun dam olish va davolanish maskanlariga tibbiy yo'llanmalar, shuningdek, farzandlariga oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma)lar  berilayotganligini, biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o'rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha'niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to'xtalib,  kelgusida shaxsiy tarkib o'rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo'l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish  lozimligini aytib o'tildi.
Uchrashuv davomida, xodimlarning oila a'zolari tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan vazirlik rahbariyatiga murojaat etib, batafsil javoblar oldi
Shuningdek uchrashuv davomida, Respublikamiz hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib hamkasblariga o'rnak bo'layotgan bir ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomalari ravishda topshirildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech