18 Noyabr 2021 yil 762

Xodimlar o'rtasida korruptsiya jinoyatlarining oldini olish va tartib intizom bo'yicha uchrashuvlar bo'lib o'tdi

Korruptsiya jamiyat taraqqiyotiga g'ov bo'luvchi xatarli illatlardan hisoblanadi. Bugunga kunda mazkur illatlarga qarshi kurashish bo'yicha keng qamrovli targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. 
Xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida sodir etilishi mumkin bo'lgan korruptsion harakatlarning oldini olish ichki ishlar xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiiste'mol qilish poraxo'rlik kabi illatlarning oldini olish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov va O'zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan  profilaktik uchrashuvlar o'tkazilmoqda. 
Uchrashuvlar davomida ichki ishlar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan korruptsion holatlar tahlil etilib, jinoyatga jazo muqarrarligi bu kabi illatlar tizim faoliyatiga salbiy ta'sir etishi haqida aytib o'tildi. Shuningdek, mamlakatimizda so'ngi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi  tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan,  balki xodimlarni  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilayotganligi Biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash o'rniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim sha'niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etilayotganligi xususida to'xtalib,  kelgusida shaxsiy tarkib o'rtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yo'l transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, kasb madaniyatiga qat'iy rioya qilish  yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech