23 Noyabr 2021 yil 816

Xo'jayli tumanida profilaktika inspektorining xonadonida “Oilaviy Bolalar uyi”ni tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga, ularning har jihatdan sog'lom va barkamol o'sib-ulg'ayishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining   2021 yil  9 avgust kunidagi “Bola huquqlari kafolatlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6275 sonli Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasida ham “Oilaviy Bolalar uylari” tashkil etilib,  ezgu ishlar davom etmoqda.
Bugun Xo'jayli tumanida joylashgan "Murtazabiy" Mahalla fuqarolar yig'inida Xo'jayli tumani IIB profilaktika inspektori Atamuratov Amangeldi hamda  Bazarbayeva Sadoqotlar tomonidan o'zlarining 2 nafar farzandi bo'lishi bilan bir qatorda, ezgu ishga qo'l urib, xonadonida “Oilaviy Bolalar uyi”ni tashkil etdi.  
“Oilaviy Bolalar uyi”ning ochilish tadbirida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov, uning o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i M.B.Yusupov, Mehribonlik uyi direktori S.Son, tuman sektor rahbarlari ham keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Unda so'zga chiqqanlar tomonidan, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yosh avlod ta'lim tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor haqida aytib, ushbu o'g'il-qizlarning kelajakda ma'naviyatli va vatanparvar bo'lib kamol topishlariga ishonch bildirishdi.
Tadbirda  bolalarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan sovg'alar topshirildi.   So'ng tadbir ishtirokchilari bolalar bilan birgalikda bog' yaratish maqsadida, mevali daraxtlar ko'chatlarini ekishdi hamda o'yda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech