18 Oktyabr 2025 yil
179
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son va PQ-253-son qarorlari ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedra mudiri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Nukus shahrida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan,
Nukus shahridagi "Xalqlar do‘stligi," "Mustaqillik,"
"Yakka terak," "Yangibozor" va "Ko‘hna qal’a"
mahallalarining kriminogen holati ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahalla hududida sodir etilgan hamda oldi olinishi mumkin
bo‘lgan jinoyatlarning omillari, hududdagi "jinoyat o‘choqlari"
aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy tashxis asosida takliflar tayyorlandi.
Professor-o‘qituvchilar
tomonidan kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda ishlab chiqilgan hududiy
"yo‘l xaritalari" o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari
belgilandi.