6 Avgust 2025 yil
921
Bo‘zatov tumani hokimligi, tuman Prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bo‘zatov tumanida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz fuqarolarning va mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarini bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Yoshlar markazi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Bo‘zatov tumanida joylashgan ish beruvchi muassasa va korxonalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka yakunida bir qator fuqarolar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi