“Yashil makon” umummilliy loyihasi boʼyicha ishlar boshlab yuborildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 noyabrь kuni oʼtkazgan yigʼilishida berilgan topshirigʼiga koʼra, joylarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʼyicha ishlar boshlab yuborildi.
Ushbu loyiha doirasida Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼylab koʼkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati vazirlik apparati hamda PPXvaJTS boshqarmasi tasarrufidagi hududlarida manzarali va mevali daraxtlar hamda gul koʼchatlari ekildi.
Darhaqiqat, hozirda iqlim oʼzgarishi barchani birdek tashvishga solmoqda. Аmalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.
Bu ishlarni bahor oylarigacha davom etishi, insoniyatga foyda keltiradigan darajada makonimizni yashillikka burkashga olib keladi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi IIV Аxborot xizmati