20 Sentyabr 2021 yil 504

Yaxshilik albatta qaytadi aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 fevral kunidagi «O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4592-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi orasida beg‘araz donorlik faoliyatini tashkil etish, qon mahsulotlari zaxiralarini yangilab borish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otradi xodimlari “Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika qon quyish markazida topshirish aksiyasida ishtirok etishdi.
“Yaxshilik albatta qaytadi” shiori bilan o‘tkazilayotgan aksiyada qatnashyapmiz, bizning topshirgan qonimizni unga muhtoj bo‘lgan bemorlarga foydasi tegsa bundan juda hursan bo‘laman: - deydi katta serjant A.Tatlimuratov .

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech