Shaxsiy tarkib o‘rtasida saf ko‘rigi o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkibining formali kiyim-boshlarini o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya yetilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik G‘. Eshimbetov boshchiligida saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rik
davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish
tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar
va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf
tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga
alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Saf Nizomining ayrim mashqlari
bajarildi. Bundan tashqari, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va
qonunchilikka to‘liq rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala
bo‘lish borasida yo‘riqnomalar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati