17 Mart 2021 yil 707

Akademik litseyda, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Muratbay Nizanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida o‘quvchi yoshlar va  Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Muratbay Nizanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yozuvchining,  “Shunaqasiyam bo‘ladi”, “Nishona”, “Kulgim keladi”, “Odam kuldirgani uchun”, “Sizga bo‘lmaydi”, “O‘zga sayyorada yetti kun”, “Aqchagul”, “Oxirat o‘yqusi”, “Dushman”, “Oshiq bo‘lmagan kim bor”, “Havo kemasidan ikkovlon”, “Muhabbat qo‘shig‘i” kabi 40ga yaqin kitoblari qoraqalpoq va o‘zbek o‘quvchilarining sevimli kitoblariga aylangan.Tadbir davomida,  M.Nizanov o‘quvchi yoshlarga o‘zining hayot yo‘li, dastlabki yozuvchilikka bo‘lgan qiziqishlari haqida va asarlarining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi. Uchrashuvda o‘quvchi yoshlar tomonidan yozuvchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etib, batafsil javoblar oldi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan yozuvchining ijodiga mansub sherlar ijro etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida, madaniy tadbir bo‘lib unda Beruniy tumani 6-sonli muzika va sanaʼt maktabi jamoasining konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, o‘quvchi yoshlarga,  o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan  kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech