17 Dekabr 2022 yil 659

Amaliy yordam ko‘rsatildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Ibragimov Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash xizmati tizimi ishlari bilan tanishish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Podpolkovnik Sherzod Ibragimov dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibining olib borilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishidagi vazifalarning ijrosi bo‘yicha batalyon xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlarining ish samaradorligini yana-da yaxshilash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z qilindi. Shuningdek  jamoat tartibini saqlash, jinoyatlar va boshqada huquqbuzarliklari aniqlash, ularning oldin olish, jinoyatlarni ochishda qatnashgan, fuqarolarning mol mulklarining talan-taroj etilishining oldin olishda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan xodimlarga maoshining 50 va 100 % miqdorinida mablag‘lay mukofotlandi. Shuning patrul-post xodimlarining ish samaradorligini arttirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan 3 bosqichli xizmat vazifalari taqdimotlar bilan tanishtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech