24 Sentyabr 2020 yil 1186

Amudaryo tumani ichki ishlar organlari probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borildi.

Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson, uning manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlash uchun xizmat qilmoqda. Tobora ravnaq topib borayotgan yurtimizda azaldan insonparvarlik tamoyillari, inson sha'ni va qadri oliy masala sifatida alohida e'tiborga olingan.Ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati tashkil etilgandan buyon jazolarning bajarilishi nazorat qilinishi barobarida, ushbu toifa shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini ta'minlash, o'qishga va ishga joylashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko'rsatish, eng asosiysi, shaxsni tarbiyalash masalalariga e'tibor qaratilib kelinmoqda.  Mamlakatimizda probatsiya bo'linmalari nazoratida turgan mahkumlar o'rtasida ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, qayta huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldi olinmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik U. Qurbonboyeva Amudaryo tumanida bo'lib tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv o'tkazdi.  Uchrashuvda tuman Ichki ishlar bo'limi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi xodimlari qatnashdi. podpolkovnik U. Qurbonboyeva probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslarga sud hukmi talablariga amal qilish kerakligi, bir marotaba bilib-bilmay qilgan ishlariga qayta qo'l urmasliklari lozimligi, qonun-ustuvor jazo – muqarrar ekanligi, qonunni bilmaslik jazodan ozod etishga asos bo'lmasligi haqida aytib o'tdi. Nazoratda turgan shaxslarning muammolari o'rganilib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Shundan so'ng, probatsiya guruhi nazoratida turgan Gulzor mahallasida yashovchi, ayolning uyiga borib uning yashash sharoiti, turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy muammolari o'rganildi. probatsiya guruhi nazoratidagi ijtimoiy ahvoli og'ir hamda ehtiyojmand bo'lgan Arna bo'yi mahallasida yashovchi bir nafar hamda ozodlikni cheklash jazosini o'tayotgan To'lqin ovulida yashovchi bir nafar shaxslarning oilalariga ijtimoiy yordamlar ko'rsatildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech