Amudaryo tumani hududida og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilinib, qizil toifaga kirgan mahalla beshliklarining ish faoliyati tanqidga olindi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri polkovnik B. Torebekov hamda Milliy gvardiya
Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Yusupov
shuningdek tuman xokimi ishtirokida Amudaryo tumanida jinoyatchilikning oldini
olish fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga
yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hududidagi yuz berilayotgan og‘ir oqibatli
jinoyatlarga to‘xtab o‘tildi shuningdek qizil toifaga qirgan mahallalarda
jinoyatchilikning keskin oldini olish, tungi vaqtlarda biriktirilgan
naryadlarni kuchaytirish, mahallalarga video kuzatuv uskunalari o‘rnatish
bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan mahalla
beshliklarining ishlar yetarli darajada emasligi, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni
kuchaytirish kerakligi aytib o‘tildi hamda mahalla beshliklarining ish
faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Kelgusida bu boradagi ishlarda birgalikda
ishlarni taqil etish bo‘yicha mutasaddilarga tashkilotlarga topshiriqlar
berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati