Amudaryo tumanida olib borilgan tezkor tadbir natijasi 100,00 gramm “OPIY” giyohvandlik vositasi aniqlandi
Joriy yilning 20 may kuni soat 06:50larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi hamda Shumanay ham Amudaryo tumanlari IIB xodimlari tomonida Amudaryo tumani Qipchaq OFYda joylashgan panton ko‘prigida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Amudaryo tumani yashovchi 1971 yil tug‘ilgan B. Sh ismli shaxsga tegishli bo‘lgan Spark rusumli, avtotransport vositasi to‘xtatilib yonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan Nukus tumanida yashovchi 1972 yil tugilgan J. F va Xo‘jayli tumanida yashovchi 1979 yil tug‘ilgan fuqaro Ya.A ismli shaxslar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, fuqaro Ya. A ga tegishli bo‘lgan avtomashinaning o‘ng oldi urindigining orqa tomonidan qora rangi sellofan paketga solingan ichida yaltiroq rangli falga qog‘oziga o‘ralgan 2 (ikki) dona sellofan paket bo‘lagiga o‘ralgan ichida jigar rangli, o‘tkir hidli, yumshoq, yopishqoq xoldagi 100,00 gramm “OPIY” giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalarni borligi aniqlandi va xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilib, fuqaro Ya.A ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati