Bo‘zatov tumani "Aspantay" OFY "Porlitov" aholi punkti hududida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududda yashovchi xotin-qizlar o‘rtasida psixologik trening o‘tkazildi.
Tadbirda Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i polkovnik U.Kurbanbaeva, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Xojageldieva, psixolog xodimlar, shuningdek, hududda yashovchi xotin-qizlar ishtirok etdi. Treningda xotin-qizlarga turmushning mashaqqatli tashvishlarini yengishda kuch-g‘ayrat beruvchi psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Oilada ayol uyning uyutqisi ekanligi, har bir ayol o‘z xonadonida tinchlik va hamjihatlikni saqlash o‘z qo‘lida ekanligi tushuntirildi. Xotin-qizlar psixologik treningdan katta taassurotlar oldi. Tadbir davomida faol xotin-qizlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Shundan so‘ng, xotin-qizlar bilan yakka tartibda muloqotlar olib borildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.