Avf etilgan shaxslarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazilib ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 04-dekabr kungi “Jazo muddatini
o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga
qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni Avf yetish to‘g‘risida”gi PF-202-son Farmoniga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sudlangan
6 nafar shaxslar Avf yetildi. Shundan 2 nafari jazoni ijro yetish
muassasalaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod yetilgan bo‘lsa, yana 4
nafari shahar-tuman IIB JXX probatsiya guruhlari hisobida ozodlikni cheklash
jazosini o‘tayotgan shaxslar jazodan to‘liq ozod yetildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Jazoni
ijro yetish muassasalaridan ozod yetilib, probatsiya guruhlari hisobiga olingan
2 nafar shaxslar bilan shaxsiy qabul o‘tkazdi hamda ularning kelgusida qayta
jinoyatga qo‘l urmaslik ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddi
xodimlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek shahar-tuman hokimliklari qoshidagi
ijtimoiy ko‘nikma markazlari tomonidan bir martalik 1.870.000 so‘mdan moddiy
yordam pullari berilishi taʼminlandi.Avf yetilgan 2 nafar shaxslarga
shahar-tuman tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazilib, tekshiruv natijalariga ko‘ra 1 nafari kasalligi
aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ularning har biriga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyati va shahar-tuman IIB boshliqlari
tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilib ijtimoiy yordam ko‘rsatildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati