15 Avgust 2025 yil 65

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish departamenti rahbariyati tomonidan joriy yilning 14-15 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘limlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 7 martdagi 90-son Farmoyishiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning quyi tizimlarida o‘tkazilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi davomida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi, shuningdek rahbariyat tomonidan barcha topshiriqlar ijrosi bajarilganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya  va fuqarolikni rasmiylashtirish departamenti boshlig‘i, polkovnik U.Sh.Tashxodjayev tomonidan joriy yilning 14-15 avgust kunlari o‘rganish ishlari olib borildi.

Text to speech