10 May 2025 yil 426

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri doirasida tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 09 aprel kungi 142-sonli buyrug‘iga asosan Respublikamiz hududida joriy yilning 15 aprel kunidan 15 may kunlari oralig‘ida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri doirasida tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan tadbirlarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek xar bir masʼul xodim jinoyatchilikni jilovlash yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyat va hodisalarining oldini olishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish kerakligi topshirildi

Text to speech