27 Oktyabr 2022 yil 540

Bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Nukus shaxridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi rahbar va xodimlari, faxriylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarning oila aʼzolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev tinch, osuda hayotimiz qo‘riqchilari, huquq va erkinliklarimizning ishonchli himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillik yillari barcha sohalar qatori ichki ishlar organlari ham g‘oyat masʼuliyatli va ayni paytda sharafli yo‘lni bosib o‘tgani haqida atroflicha fikr yuritdi. Darhaqiqat, Prezidentimiz tashabbusi bilan ayniqsa, keyingi yillarda ichki ishlar organlarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib, tamomila yangi tizim yaratildi. Natijada zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlangan sohaning yuksak bilim va professional ko‘nikmalarga ega xodimlari tom maʼnoda xalq manfaatlari uchun xizmat qilib, tinchlik va osoyishtaligimizni taʼminlayotgan eʼtiborga sazovor. Bayram tadbirida bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari munosib taqdirlandi. Tadbir vazirlikning «Orol yulduzlari» ansambli va sanʼatkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech