8 May 2025 yil 629

Respublika ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning sud-huquq masalalarida qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etish maqsadida Qonliko‘l tumanida Qo‘ng‘irot, Shumanay, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumani aholisining murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 6-10-may kunlari respublika Ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning murojaatlari va aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish bo‘yicha joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilning 7 may kuni Qonliko‘l tumani Ixtisoslashtirilgan maktab binosida Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Shumanay tumanlari fuqarolarining sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy hamda qurilish va kommunal sohalar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Unda respublika ishchi guruhi a’zosi,O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Mahamadali Ismoilov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Baxtıyar Tоrebekov fuqarolarning Ichki ishlar organlariga oid murojaatlarini qabul qildi. Qabulda murojaatlarning deyarli ko‘pchiligi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim murojaat egalariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.

Text to speech