19 Sentyabr 2023 yil 1750

Beruniy tumani hududida og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilinib, jinoyatlarni jilovlash va barvaqt oldini olish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorning orinbosari Sh.Toxtaboyev, Qoraqalpogiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B. Torebekov hamda Qoraqalpogiston Respublikasi prokurori E. Tadjiyev shuningdek tuman xokimi ishtirokida Beruniy tumanida jinoyatchilikning oldini olish fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boyicha mutasaddi tashkilotlarga yigilish otkazildi. Unda tuman hududidagi yuz berilayotgan og‘ir oqibatli jinoyatlarga to‘xtab o‘tildi shuningdek qizil toifaga qirgan mahallalarda jinoyatchilikning keskin oldini olish, tungi vaqtlarda biriktirilgan naryadlarni kuchaytirish, mahallalarga video kuzatuv uskunalari o‘rnatish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan mahalla beshliklarining ishlar yetarli darajada emasligi, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish kerakligi aytib o‘tildi.Bu boradagi ishlarda birgalikda ishlarni taqil etish bo‘yicha mutasaddilarga tushuntirish ishlari olib borildi

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati   

 

Text to speech