11 Iyun 2025 yil 694

Beruniy tumanida Yo‘l patrul xizmati inspektorlari va IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Nexia-3 transport vositasini to‘xtatib tekshirganda giyohvand moddalar borligi aniqlangan.

Shu yilning 07-iyun kuni soat 13:00 lar atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-mintaqa YHXB va Beruniy tumani IIB OQX YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida To‘rtko‘l tumanida yashovchi 1999-yil tug‘ilgan M.T ismli shaxs o‘z boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib, old o‘rindiqda tanishi To‘rtko‘l tumanida yashovchi 1988 yil tug‘ilgan A.R bilan Beruniy tumani Shabboz QFY hududining ichki yo‘lida boshqarib ketayotganda Beruniy tumanidan Xorazm viloyatiga o‘tuvchi Amudaryo ustidan o‘tuvchi qurilgan ko‘prik yonida postda turgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHX YPX xodimlari tomonidan shubha uyg‘otib ta’qib qilib tekshirmoqchi bo‘lganida R.A avtomashinadan tushib voqea joyidan qochib ketgan, IIB YHXB xodimlari tomonidan M.A ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasini ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonidagi qo‘l tormozi ostida 3-bo‘lak 0,18 gramm bo‘lgan "Geroiy" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, Beruniy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech