Beruniy tumanida voleybol bo‘yicha U-18, yaʼni 18-yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvar kungi
«O‘zbekiston Respublikasida vadan-tarbiya hamda sportni yana-da rivojlantirish
hamda ommalashtirish to‘g‘risida» gi farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida
maqsadida Beruniy tumanida voleybol bo‘yicha U-18, yaʼni 18-yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmagan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi
o‘tkazildi. Musobaqa
mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan, shuningdek Qoraqalpog‘iston
Respublikasi jamoalari o‘z ora bellashdi. Bir necha kun davom etgan musobaqa
qiziqarli o‘yinlarga boy bo‘ldi.Qiziqarli bellashuvlar, unutilmas lahzalarga
boy bo‘lgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarni taqdirlash
marosimiga Qoraqalpog‘iston voleybol federatsiya boshlig‘i Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov so‘zga chiqib,
yig‘ilgan sportchi yoshlarni, musobaqada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan
qutladi. Musobaqa yakuniga qura 3-o‘rinni Navoiy viloyati yoshlari komandasi,
2-o‘rinni Farg‘ona viloyati jamoasi egalladi. Faqirli birinchi o‘rinni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar jamoasi O‘zbekiston Respublikasi kubogini
qo‘lga kirgizdi. G‘olib bo‘lgan jamoalar hamda tashkilotchilar tomonidan diplom
medal hamda qimmat baholi sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV
Axborot xizmati