14 Yanvar 2021 yil 1305

Bayram munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimizning tashkil etilganligining 29 yilligi yurtimiz bo'ylab keng miqyosida nishonlanmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Vatan himoyachilari kuni va quroli kuchlar tashkil qilinganining 29 yilligi bayrami  munosabati bilan tantanali majlis bo'lib o'tdi.
Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning bayram tabrigi shaxsiy tarkibga o'qib eshittirildi.
So'ng, Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fidokorona xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'iga asosan, «Maxsus unvonlar», “A'lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko'krak nishonlari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining “Faxriy yorliq”lari, Ichki ishlar vazirligining esdalik qo'l soati, pul mukofotlari o'z egalariga topshirildi. Shuninggdek, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi » ko'krak nishonlari bilan, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpog'iston bo'limi bosh mutaxassisi Jumamuratov Polatboy Dauletbayevich va Xo'jayli tumani 41-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi yetakchisi Torenov Rustam Abatniyazovichlar taqdirlandi. 
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, xodimlarni bayram bilan tabriklab, rag'batlantirilgan xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida yanada mas'uliyat bilan yondashib bundan ham yuqori mukofotlarga sazovor bo'lishlarini tiladi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech