27 Yanvar 2021 yil 933

Nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlanmoqda  

Joriy yilning 25 yanvar kuni Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasidan biriktirilgan amaliyot rahbarlari, IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari, shuningdek ularga biriktirilgan murabbiylar bilan birgalikda kursantlarning ish o‘rganish amaliyotini o‘tashi yuzasidan o‘tkazilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabridagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursida tahsil olayotgan 13 nafar kursantlarning malakaviy amaliyoti ko‘tarinki ruhda tashkil etish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan majlisga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.B.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Kudiyarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor S.B.Atamuratovlar ishtirok etdi  Unda malakaviy amaliyotni tashkil etish, kursantlarni egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o‘rnatilgan kun tartibi va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish hamda malakaviy amaliyotni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi. Yig‘ilish yakunida ota-onalar va kursantlar tomonidan berilgan savollarga vazirlik rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech