19 Sentyabr 2025 yil 278

Bo‘zatov tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi B.Ubbiniyazov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Kurbanbaeva va 1-sonli maktabning 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 10 sentyabrdagi PF-163-sonli Farmoniga asosan yoshlarning har tomonlama bilimli, ziyrak va baxtli bo‘lib kamol topishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish kerakligi alohida ta’kidlandi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bir qator yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. Takliflar rahbarlar tomonidan ma’qullanib, tegishliligi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Text to speech