9 Aprel 2025 yil 1076

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Nukus shahar Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularning 22 tasi joyida ijobiy hal etildi, 8 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, bir guruh fuqarolarga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish to‘g‘risida ilgari murojaat qilgan bir nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.

Text to speech