22 Iyun 2022 yil 841

Bir guruh faxriylar va xodimlarning ota-onalari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 07-iyun kungi 135-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning 2022-yil 09-iyun kungi 109-sonli Farmoyishi tasdiqlandi. Ushbu farmoyishga asosan joriy yilning 10 iyun kundan 10 iyul kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgilangan. 
“Intizom oyligi” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan masʼul xodim mayor V.Gafarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ishtirokida Taxtako‘pir, Qorauzak, Chimboy, Kegayli va Bo‘zotov tumanlariga borib ichki ishlar bo‘limlari xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari I.Axmedov so‘zga chiqib, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qilish kerakligi hamda tizimda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika bo‘yicha xodimlar bilan bog‘liq tartib-intizom buzish holatlari haqida maʼlumotlar o‘qib eshittirildi.         
Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari I.Axmedov o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga va yosh xodimlarga ustozlik qilib kelayotgan isteʼfodagi faxriylarga tashakkurnomalar berildi.   
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech