9 Dekabr 2020 yil 1035

Prezident Farmoni bilan bir guruh shaxslar avf etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 04 dekabrdagi «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni avf etish to'g'risida”gi PF-6152-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o'tayotgan hamda qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan 104 fuqaro avf etildi, shundan, Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2 nafarini tashkil qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasidan avf etilgan 2 nafar shaxslar bilan mutasaddi rahbarlar tomonidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o'tkazilib, tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, muammolari o'rganib chiqildi va ishga joylashtirilib bandligi ta'minlandi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech