22 Oktyabr 2025 yil
303
O‘zbekiston kasaba uyushmalari uyushmasi tashkil etilganining 120 yilligi hamda 25 oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi birinchiligi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi
Musobaqada barcha shahar va
tumanlardagi qo‘riqlash bo‘limi xodimlaridan jami 11 ta jamoa ishtirok etib,
o‘zaro qizg‘in bellashuvlar olib bordi. O‘tkazilgan musobaqalar yakuniga ko‘ra
Nukus shaharlararo qo‘riqlash bo‘limi jamoasi uchinchi o‘rinni, Mo‘ynoq tumani
qo‘riqlash bo‘limi jamoasi ikkinchi o‘rinni hamda Qorao‘zak tumanlararo
qo‘riqlash bo‘limi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar
Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan
munosib taqdirlandi.