1 Sentyabr 2020 yil 1178

Bayram munosabati bilan bir qator xodimlar taqdirlandi.

Ma'lumki, 1 sentyabrь Mustaqillik kuni mamlakatimiz tarixidagi eng ulug' va eng aziz bayramlardan sanaladi. Shu boisdan ham ushbu sana 29 yildan buyon ko'tarinki ruhda belgilanib kelinadi.
Bayram munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bir qator el-yurt taraqqiyoti hamda osoyishtaligi yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari munosib rag'batlantirildi.
Shu munosabat bilan bo'lib o'tgan tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan bayram tabrigi shaxsiy tarkibga o'qib eshittirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fidokorona xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug'iga asosan, «Maxsus unvonlar», “A'lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko'krak nishonlari, Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig'i”, Ichki ishlar vazirligining esdalik qo'l soati hamda pul mukofotlari o'z egalariga topshirildi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, mustaqilligimizning 29 yillik bayrami bilan xodimlarni tabriklab, rag'batlantirilgan xodimlarning kelgusi ish faoliyatlarida yanada mas'uliyat bilan yondashib bundan ham yuqori mukofotlarga sazovor bo'lishlarini tiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Text to speech